Issiqxonada 1 800 tup ko‘knori yetishtirgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyat Oltiariq tumanida tomorqasidagi issiqxonada ko‘p miqdordagi ko‘knori giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 mart kuni Farg‘ona viloyat IIB, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Oltiariq IIB tezkor xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda “Chinortagi” MFY da yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi tomorqasida joylashgan issiqxonada jami 1 800 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

Bundan tashqari, mazkur uyning og‘ilxonasida quritilgan holdagi 6 kg ko‘knori giyohvandlik moddasining quritilgan poyalarini saqlayotgani fosh bo‘lgan.

"Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida yarim kilogrammga yaqin giyohvandlik moddasini 80 ming AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Oltiariq Issiqxona ko'knori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing