Isroilning Yamanga hujumi oqibatida 800 ming litr yoqilg‘i yo‘q qilindi – BMT

Olam

image

20 iyul kuni Isroilning Yamanga uyushtirgan hujumlari oqibatida 800 ming litr yoqilg‘i yo‘q qilindi. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) hisobotida aytiladi.

“Jahon oziq-ovqat dasturining talabiga binoan uning ehtiyojlari uchun ajratilgan 800 ming litr yoqilg‘i yo‘q qilindi”, deyiladi xabarda.

Jahon oziq-ovqat dasturining qayd etishicha, yoqilg‘i Xodeyda portiga berilgan havo hujumlari oqibatida yo‘q qilingan.

Ma’lumot uchun, 20 iyul oqshomida Isroil Qizil dengiz sohilidagi husiylar nazoratidagi Xodeyda portiga havo hujumlarini boshladi. Yaman rasmiylari avvalroq hujum oqibatida olti kishi halok bo‘lgani va o‘nlab kishilar yaralangani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yoqilg'i Isroil Yaman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing