Isroilning Livan shimolidagi zarbasi 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Olam

image

Isroilning Livan shimolidagi havo hujumlarida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Livan Qizil Xoch jamiyati bayonotida aytiladi.

Zigart viloyatidagi Aytu shahriga hujum uyushtirildi. Oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohatlandi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 8 oktyabrdan beri Isroil hujumlarida 2306 kishi halok bo‘lgan, ulardan 104 nafari bola va 194 nafari ayol. 10 698 kishi jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroilning Livan sharqidagi Baalbek shahriga uyushtirgan havo hujumida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohatlangandi, ular orasida ayollar ham bor. Isroil Livanda quruqlikdagi operatsiyasini boshlaganidan beri kamida 14 askarini yo‘qotgani va 100 dan ortig‘i yaralangani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing