Isroilning FIFA'ga a’zoligi to‘xtatilishi mumkin

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kengashi joriy yilning 20 iyuliga qadar Falastin futbol assotsiatsiyasining Isroil futbol federatsiyasining tashkilotdagi a’zoligini to‘xtatib turish haqidagi iltimosini ko‘rib chiqadi. Bu haqda tashkilot prezidenti Janni Infantino Bangkokda bo‘lib o‘tayotgan FIFA'ning 74-kongressida ma’lum qildi.

Kongress avvalida Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajup FIFA'dan Isroil futbol federatsiyasi a’zoligini vaqtinchalik to‘xtatishni talab qildi.

“Falastinning o‘ta nozik talabini hisobga olib, FIFA so‘rovlarni huquqshunoslarga topshiradi. Biz har ikki assotsiatsiyaga imkoniyat berishimiz kerak, tahlil natijalari FIFA kengashiga yuboriladi. Shu bilan birga, vaziyatning favqulodda xususiyatini hisobga olgan holda, FIFA'ning navbatdan tashqari kengashi 20 iyulgacha, ya’ni yaqin ikki oy ichida tegishli choralarni ko‘rish uchun tuziladi”, deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil BMTning Falastin huquqlari haqidagi rezolyutsiyasini rad etishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing