Isroilning Eronga uyushtirgan dahshatli zarbalari e’lon qilindi

Olam

image

Joriy yilning 3 iyul kuni Eron ommaviy axborot vositalari Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuv doirasida sodir bo‘lgan navbatdagi hujum videosini e’lon qildi.

“Al Jazeera” nashri tomonidan tarqatilgan video tez orada ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu videoda zich aholi harakatlanayotgan bir paytda binoning o‘rta qavatida portlash yuz bergani ko‘rinadi. Bir necha soniyadan so‘ng esa raketa svetoforda turgan mashinalar orasiga tushadi.

Oqibatda Quddus maydonida portlash sodir bo‘lib, mashinalar osmonga ko‘tariladi, asfalt bo‘laklari, daraxtlar va yoritish ustunlari yaqin atrofdagi avtomobillar va yo‘lovchilarning ustiga qulaydi.

Qayd etilishicha, ushbu hujum 15 iyun kuni sodir bo‘lgan, ammo bu holatga oid tasvirlar endi ommaga taqdim etilgan.

Eron rasmiysi bergan bayonotga ko‘ra, hujum Isroil tomonidan shaharning muhim infratuzilmasini – ayniqsa suv ta’minoti tizimlarini nishonga olgan holda amalga oshirilgan. Ayniqsa, Tejrish va Quddus maydonlari atrofidagi tarmoqlar jiddiy zarar ko‘rgan. 

Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat 

Urush 13 iyundan 24 iyungacha davom etdi. Avvaliga Isroil Eron hududiga zarba berdi, bunga javoban Eron ham Isroilni nishonga oldi. 22 iyunga o‘tar kechasi AQSH mojaroga aralashdi va Erondagi yadro ob’ektlarini bombaladi. Keyingi kuni Eron Qatardagi AQSH harbiy bazasiga zarba berdi.

Ushbu urushdan oldin AQSH va Eron yangi yadroviy bitim yuzasidan muzokaralar olib borayotgan edi. Isroil esa Tehronning yadroviy qurolga yaqinlashgani bois operatsiyani boshlaganini bildirgan. Vashington ham shunday fikrni bayon qilgan. Eron esa yadro qurolini yaratmoqchi emasligini, biroq tinch atom dasturiga haqli ekanini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Quddus Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing