Isroilning Eronga hujumlari to‘xtamaydi – Tramp
Olam
−
17 iyun
7136AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroilning Eronga hujumlari to‘xtamasligini aytdi. Bu haqda u Kanadadagi G7 sammitidan qaytayotgan Air Force One One bortida jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
Tramp Eron yadroviy dasturiga “haqiqiy yechim” izlayotganini va Yaqin Sharqdagi vaziyatni Oq uydagi favqulodda vaziyatlar xonasidan kuzatib borishini qayd etdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Kanadani tark etayotganda Eron bilan sulh tuzishga intilayotganini aytmagan, biroq Tehron yadroviy qurol yaratish rejalaridan butunlay voz kechishini istayotganini ta’kidlab, bu masalani “haqiqiy” hal qilishga chaqirgan.
“Keyingi ikki kun ichida bilib olasiz. Hozircha hech kim tezlikni pasaytirgani yo‘q”, deb aytgan Tramp.
U odamlar xavfsizligi, jumladan Tehronning evakuatsiya qilinishidan xavotirda ekanini qo‘shimcha qildi. Shimoliy Koreya yoki Rossiyadan Eronga yordam belgilari bormi, degan savolga esa u shunday javob berdi:
“Men bunday narsani ko‘rmaganman”.
Tramp Eron yadroviy qurol yaratishga “juda yaqin” ekanini ta’kidlab, yopiq havo hududi sharoitida amerikaliklarni mintaqadan evakuatsiya qilish choralari ko‘rilayotganini aytdi.
“Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz”, dedi u.
Prezident Moliya vaziri Skott Bessent va boshqa bir qancha vakillar Qo‘shma Shtatlar nomidan G7 yetakchilari bilan uchrashuvda qolganini qo‘shimcha qildi.
U, shuningdek, sammit deklaratsiyasining yakuniy matnini ko‘rmaganini, lekin “ularga ma’lum pozitsiyalarni aytishga ruxsat berganini” ta’kidladi.
Eron bilan muzokaralar olib borish uchun AQSHning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff yoki vitse-prezident Jeyms Devid Vensni yuborish imkoniyati haqidagi savolga Tramp bu imkoniyatni inkor etmadi:
“Bu men qaytib kelganimda nima bo‘lishiga bog‘liq”.
Prezident, shuningdek, Eron “Amerika harbiylariga tegmaslik kerakligini biladi”, chunki AQSH o‘z fuqarolariga hujum qilingan taqdirda “qattiq javob” berishini aytdi.
Amerika aralashuvi Eronning yadroviy dasturini yo‘q qiladimi, degan savolga Tramp undan ancha oldin yo‘q qilinishiga umid qilishini aytdi.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul