Isroilning Eronga hujumi tezlashishi mumkin – “Bloomberg”

Olam

image

Isroil Eronning yadroviy dasturiga qarshi zarba berish haqida tez fursat ichida qaror qabul qilishi mumkin. Bunga Tehronning Rossiyadan S-400 rusumli zenit-raketa komplekslarini sotib olish istagi sabab bo‘ladi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni “Bloomberg” agentligi Isroil va AQSHdagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Eron Rossiyadan S-400 raketa tizimlarini olishga intilmoqda. Isroil esa buni Tehron yadroviy inshootlariga ehtimoliy zarbalar uchun to‘siq sifatida ko‘rmoqda. Shuning uchun ham Eronning bu istagi Isroilning ehtimoliy hujum bo‘yicha qarorini tezlashtirishi mumkin.

Shuningdek, joriy yil oxirigacha Tehron 10 ta bomba yasash uchun yetadigan 60% boyitilgan uranga ega bo‘lishi kutilmoqda. Isroil esa Eronning yadroviy qudrati kuchayishiga yo‘l qo‘yishni xohlamaydi. Unga to‘sqinlik qilish uchun esa harbiy tahdiddan foydalanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu harbiy kuch bilan ishonchli tahdid Eron kabi davlatlarni yadroviy qurol ishlab chiqarishdan saqlab qolishning yagona yo‘li ekanini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Eronga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing