Isroilning hujumi bir necha hafta davom etadi – OAV

Olam

image

Isroilning Eron ustidan olib borayotgan harbiy operatsiyasi bir necha hafta davom etadi va bu AQSHning norasmiy roziligi bilan amalga oshirilmoqda. Bu haqda Vashingtondagi manbalariga tayanib, CNN xabar bedi.

Amerikalik amaldorning nashrga bergan intervyusida Oq uy Isroilning rejalari haqida oldindan xabardor bo‘lgani va ularga norasmiy tarzda qo‘llab-quvvatlash bildirganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyaning davomiyligi Eronning harakatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Isroillik manbaning ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati yopiq muzokaralarda operatsiya muddatlariga qarshi chiqmagan.

“Axios” portalining ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida Isroil Tramp ma’muriyatidan Eron ustidan uyushtirilayotgan zarbalarga qo‘shilishni so‘ragan. Oq uy rahbari Donald Tramp yaqinda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatda zarurat bo‘lsa, bu imkoniyatni ko‘rib chiqishini aytgan. Biroq hozircha Tramp ma’muriyati bu masalani jiddiy muhokama qilmayapti.

“Al Jazeera” esa AQSH Isroilning Eron yadroviy ob’ektlariga qarshi bevosita hujumlarida ishtirok etishni istamayotgani haqida yozgan. 

Isroilning Eronga hujumi 

13 iyun kuni Isroil Eronga qarshi zarba berishni boshladi va bu operatsiyani “Sherlar olami” deb nomladi. Zarba ob’ektlari sifatida Tehron, Natanz, shuningdek, Kirmonshoh va Xaramobod hududlari tanlangan. Hujumlarda harbiy bazalar, Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari va Eron Islomiy inqilobiy gvardiyasi vakillari joylashgan turar joy majmualari nishonga olingan.

Isroil zarbalari oqibatida bir necha yuqori lavozimli harbiy xizmatchilar va yadroviy fiziklar yo‘q qilingan. Qolaversa, tinch aholi orasidan ham 60 kishi vafot etgani taxmin qilinmoqda. 

Eronning Isroilga javobi 

13 iyun kuni tundan 14 iyun tongiga o‘tar chog‘i Isroil tomonidan Eronga qarshi amalga oshirilgan keng ko‘lamli hujumlardan so‘ng, Eron Isroilga qarshi o‘z javob zarbalarini yo‘lladi. Eron harbiy kuchlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uchirilgan. Isroil Mudofaa kuchlari ushbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan ishga tushirilgan. SAXAL rasmiy bayonotida aytilishicha, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumchi dron va raketalarni tutib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Donal'd Tramp Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing