Isroilliklar G‘azoga hujumni to‘xtatish talabi bilan namoyishga chiqdi
Olam
−
06 aprel
5487Isroilning poytaxti Tel-Avivda kecha, 5 aprel kuni o‘n minglab odamlar G‘azo sektoriga hujumlarni zudlik bilan to‘xtatish talabi bilan namoyishga chiqdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Mitingda qatnashgan va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asir almashish kelishuvi doirasida ozod qilingan Gadi Mozes Isroil qo‘shinining G‘azo sektorini bombalashi oqibatida isroillik mahbuslarning halok bo‘lganini aytdi.
“Men u yerda edim va chegaraning narigi tomonidan bu tovushlarni eshitdim. Bu dahshatli! Har tomondan kelayotgan bomba shovqinidan asirga olingan birodarlarimiz umidlarini yo‘qotmoqda. Bu o‘qlar nochor birodarlarimizni o‘ldirdi va o‘ldirishi mumkin”, dedi u.
Mozes Netanyaxu hukumatini G‘azo sektoriga hujumlarni to‘xtatish, qo‘shinlarni Falastin anklavidan olib chiqib ketish, o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslar almashinuvi bo‘yicha kelishuvning ikkinchi bosqichini amalga oshirishni ta’minlashga chaqirdi.
Ma’lumot uchun, 19 yanvar kuni G‘azo sektorida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvidan so‘ng Isroil armiyasi 18 mart kuni ertalab o‘zining shafqatsiz hujumlarini davom ettirdi. G‘azoda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, Isroil armiyasi hujumlarni qayta boshlaganidan beri 1042 nafardan ko‘proq falastinlik halok bo‘ldi.
2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 50 ming 399 nafarga, yaralanganlar soni esa 114 ming 583 nafarga yetdi.
LiveBarchasi