Isroilliklar “Al-Aqso” masjidi imomining uyiga bostirib kirdi 

Olam

image

Isroil xavfsizlik kuchlari Sharqiy Quddusdagi "Al-Aqso" masjidining imomi Shayx Ikrima Sabriyning xonadonini tintuv qildi.  Bu haqda "Anadolu" xabar berdi

4 dekabr, dushanba kuni Isroil razvedka xizmati xodimlari Shayx Sabriyning xonadoniga bostirib kirgan va uning uyini tintuv qilgan. Shuningdek,  Imomning xorijga chiqishi taqiqlanganini ma’lum qilgan. 

Shayx qarindoshlarining aytishicha, ushbu taqiq go‘yoki "Al-Aqso" masjidining imomi Isroil xavfsizligiga tahdid solayotgani uchun joriy qilinayotgani aytilgan.

Bir kun avval ham isroillik harbiylar 100 nafar aholi, jumladan, Shayx Sabriy istiqomat qiladigan turarjoy binosiga ham reydlar uyushtirgandi.

Ushbu reydlarda falastinliklardan "ushbu binolar ruxsatsiz qurilgani va buzilishi kerakligi uchun" xonadonlarini bo‘shatishi talab qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, "Al-Aqso" masjidi imomi Shayx Sabriy uzoq yillardan beri Isroil politsiyasi, razvedkasi, sud tizimi va aqidaparast yahudiy tashkilotlari tomonidan ta’qib qilinadi.

Isroil xavfsizlik kuchlari Sabriyning xonadoniga bir necha marta reyd o‘tkazib, uni so‘roq qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil "Al-Aqso" Shayx Ikrima Sabriy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing