Isroillik amaldor G‘azodagi urush qachongacha davom etishini aytdi

Olam

image

Isroilning G‘azo sektorida HAMAS bilan urushi yil oxirigacha davom etishi mumkin. Bunday fikrni Isroil Milliy Xavfsizlik Kengashi rahbari Saxi Xanegbi Isroil jamoat radiosiga bergan intervyusida aytdi.

"Yutuqlarimizni mustahkamlash va HAMASning kuchi va harbiy salohiyatini yo‘q qilishga erishish uchun bizni yana yetti oylik janglar kutishi mumkin", degan u.

Uning bayonoti o‘t ochishni to‘xtatish chaqiriqlari fonida yangradi.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Moldovaga tashrifi chog‘ida Isroil urushdan keyingi rejani "imkon qadar tezroq" ishlab chiqishi kerakligini va bunday rejaning yo‘qligi xaosga olib kelishi mumkinligini aytdi.

"Menimcha, bu kelajak uchun rejaga ega bo‘lish zarurligini ta’kidlaydi, chunki kelajak uchun rejangiz bo‘lmasa, kelajak ham yo‘q. Aks holda, HAMAS boshqaruvda qoladi, buni esa qabul qilib bo‘lmaydi. Yoki bizda tartibsizlik, qonunsizlik va bo‘shliq paydo bo‘ladi", degan Blinken jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq asli alban bo‘lgan britaniyalik qo‘shiqchi Dua Lipa muxlislarini G‘azo xalqi bilan birdamlik ko‘rsatishga chaqirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing