Isroildagi o‘zbekistonliklar yana bir bor ogohlantirildi
Jamiyat
−
09 mart 3157 1 daqiqa
So‘nggi vaqtlarda Isroil hududi bo‘ylab raketa hujumlari oqibatida raketa parchalaridan jarohat olgan fuqarolar soni ortib borayotgani kuzatilmoqda. Shu sababli O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Elchixona barcha O‘zbekiston fuqarolarini Isroil Frontorti qo‘mondanligi ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.
Havfsizlik maqsadida:
- Havo hujumi haqida signal berilganda yoki sirena eshitilganda darhol himoyalangan joyga kirish zarur;
- Frontorti qo‘mondonligi tomonidan rasmiy ruxsat berilmaguncha himoyalangan joyni tark etmaslik kerak;
- Rasmiy xabarlar va favqulodda ko‘rsatmalarni doimiy ravishda kuzatib borish lozim.
9 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgani haqida elchixonaga xabar kelib tushmagan.
Diplomatik vakolatxona barcha fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga amal qilayotgani uchun minnatdorlik bildiradi hamda ehtiyotkorlikni saqlashni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, urush fonida Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi