Isroildagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
28 mart
7019O‘zbekistonning Isroil davlatida joylashgan elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi. Bu haqda elchixona o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirgan.
Elchixona, dastlab, barchani Ramazon hayoti bilan qutlagan.
“Hurmatli fuqarolar! Sizlarni qutlug‘ Ramazon Hayiti kirib kelishi munosabati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Ushbu ulug‘ va mukarram ayyom barchangizga tinchlik, baxt va farovonlik olib kelsin!”, deyilgan elchixona xabarida.
Shu bilan birga, Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari barcha ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishi kerakligi eslatilgan.
“Shuningdek, hayit bayramini nishonlash jarayonida va umuman Isroil davlatida bo‘lib turish davomida shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha barcha ehtiyot choralariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz, rasmiy manbalar orqali axborot olish va favqulodda holatlarda elchixona bilan bog‘lanish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Fuqarolar zarur vaziyatlarda elchixona bilan bog‘lanish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘ralgan:
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni turli mitinglar, namoyishlar va ommaviy yig‘inlarda ishtirok etmaslikka chaqirgandi.
LiveBarchasi