Isroildagi O‘zbekiston elchixonasi tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklarni yana bir bor ogohlantirdi.

“Hurmatli fuqarolar! Hozirgi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat tufayli Isroil havo fazosi vaqtincha yopilganligini ma’lum qilamiz. Sizning shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, elchixonaga jiddiy va zarur ehtiyojsiz kelishdan tiyilib turishingizni qat’iy tavsiya qilamiz. Har qanday vaqtda raketa hujumlari boshlanishi mumkin, shuning uchun xavfsiz joylarda qolish juda muhim”, deyilgan xabarda.

“Sizning qulayligingiz uchun elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari doimiy ravishda (24/7) faoliyat ko‘rsatmoqda:

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

+972 54 485 1397

Yurtdoshlarimizni yana bir bor xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishga, mamlakatda bo‘lish vaqtida ehtiyotkorlikni oshirishga va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqiramiz. Iltimos, rasmiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lib boring”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha 27 fevral kuni Isroilda yashovchi o‘zbekistonliklar mamlakatdagi vaziyat murakkabligi sababli xavfsizlik choralariga alohida e’tibor berishga chaqirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixona Isroil ogohlantirdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing