Isroildagi o‘yinda tarixdagi eng uzun penaltilar seriyasi qayd etildi (video)

Sport

image

Joriy yilning 20 may kunida Isroilning “Dimona” klubi mamlakat ikkinchi ligasiga chiqish uchun birinchi bosqich pley-off o‘yinida “Shimshon”ni mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda jamoalar penaltilar seriyasi bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ikki jamoa o‘rtasida darvoza tomon 56 ta zarba yo‘llagan, bu mutlaq rekorddir. Avvalgi eng uzun penaltilar seriyasi 2005 yilda bo‘lib o‘tgan, o‘shanda “Palas” Namibiya kubogi finalida “Siviss”ni mag‘lub etgan. O‘shanda jamoalar 48 marta penalti tepishgan.

Isroildagi pley-off o‘yinidagi uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqti durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida “Dimona” futbolchilariga omad kulib, 23:22 hisobida g‘alabaga erishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Ginnes Dimona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made