Isroildagi qamoqxonadan qochib ketgan falastinliklarning barchasi ushlandi (video)

Olam

image

Isroil Mudofaa kuchlari sentyabr oyi boshida mamlakat shimolidagi qamoqxonadan qochgan oxirgi ikki falastinlik mahbus hibsga olingani haqida xabar berdi. Tegishli bayonot bugun, 19 sentyabr kuni Isroil armiyasi saytida e’lon qilindi.

“Isroil Mudofaa kuchlari, Xavfsizlik xizmati va Jenin shahri politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma operatsiya chog‘ida qochgan ikki mahbus qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda mahbuslar xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 sentyabr kuni terrorchilik faoliyatida qatnashgani uchun uzoq muddatga hukm qilingan olti falastinlik mahbus Isroil shimolidagi qamoqxonadan qochib ketgandi. Ularning 4 nafar oradan ko‘p o‘tmay ushlangan. Biroq, yana ikki nafari ozodlikda qolayotgandi. Qochganlar orasida radikal harbiylashtirilgan guruh rahbarlaridan biri Zahariya Zubeydiy, shuningdek, “Islomiy jihod”ning besh nafar faollari bor edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing