Isroilda vazir G‘azoga atom bombasi tashlashni taklif qildi

Olam

image

G‘azo sektoriga yadroviy bomba tashlash mintaqadagi mavjud vaziyatni rivojlantirishning mumkin bo‘lgan variantlaridan biridir. Bu haqda Isroilning Quddus ishlari va yahudiy merosi bo‘yicha vaziri Amikay Eliyaxu mahalliy radiostansiyalardan birining efirida so‘z ochdi.

Uning aytishicha, Falastin anklavining aholisi "yoki Iordaniyaga yoki cho‘lga ketishi kerak". Bundan tashqari, vazir G‘azoga har qanday insonparvarlik yordamining kiritilishiga rozi emasligini bildirgan. 

Eliyaxu keyinchalik o‘z so‘zlarini rad etishga uringan. X ijtimoiy tarmog‘ida u atom bombasi haqidagi gaplari metafora ekanini yozgan. 

"Atom bombasi haqidagi bayonot metafora ekanligi har qanday aqlli odamga ayon. Ammo biz [Isroil] terrorizmga kuchli javob qaytarishimiz kerak", degan vazir.

Bosh vazir idorasi esa Eliyaxuning so‘zlari “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi”, Isroil begunoh odamlarga zarar yetkazmaslik uchun faqat xalqaro huquq standartlari asosida ish tutayotganini ta’kidlagan.

“The Times of Israel” nashrining yozishicha, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Eliyaxuni noma’lum muddatga Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlarida ishtirok etishdan chetlatgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy oxirida Falastin hukumati vakili Isroil G‘azo sektorida 18 ming tonnadan ortiq portlovchi moddadan foydalangani, bu taxminan 1,5 atom bombasi kuchiga teng ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo atom bombasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing