Isroilda ushlangan o‘zbekistonlik xavfsiz sharoitdaligi aytildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Isroildagi O‘zbekiston fuqarosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosi sabab hibsga olingani haqida xabar qilingan edi. Holat yuzasidan o‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni O‘zbekiston fuqarosi N.X. sirenalar yangragan paytda TikTok ijtimoiy tarmog‘iga video joylashtirgan. Ushbu video Isroil ijtimoiy tarmoqlarida ham keng tarqalib, katta norozilik keltirib chiqargan. 

Shundan so‘ng, Isroil fuqarosi A.X. mazkur holat yuzasidan politsiya organlariga murojaat qilgan. Elchixonaning Konsullik bo‘limi O‘zbekiston fuqarosi N.X. bilan tezkor bog‘lanib, tegishli suhbat o‘tkazgan. Shuningdek, Isroil fuqarosi A.X. bilan ham tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi N.X. xavfsiz sharoitda bo‘lib va mazkur masala elchixonaning Konsullik bo‘limi nazoratida turibdi”, deyiladi elchixona bayonotida.

Shuningdek, elchixona Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan quyidagi holatlarda diqqatli bo‘lishni eslatgan:

mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish;

o‘z xatti-harakatlarida ehtiyotkor bo‘lish hamda turli provokatsiyalardan tiyilish;

raketa hujumlari paytida Isroil Frontorti qo‘mondonligi tomonidan beriladigan barcha xavfsizlik tavsiyalarini so‘zsiz bajarish.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik erkak ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videosida “Mana hech kim qolmadi, kalamushlar qochib ketdi. Hech kim yo‘q”, deb aytgan. Bu bilan u ogohlantirish signali yangragan paytda panoh joylariga yugurayotganlarni nazarda tutgan.


Maqola muallifi

Teglar

elchixona O'zbekiston fuqarosi Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing