Isroilda Netanyaxu siyosatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
Olam
−
01 aprel 2024 5890 1 daqiqa
Kecha, 31 mart kuni o‘n minglab isroilliklar Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi hukumat siyosatiga norozilik bildirish uchun yana ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyish asosan Quddusdagi parlament binosi – Knesset yaqinida bo‘lib o‘tgan.

Namoyishchilar hukumat iste’fosi va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazilishini, shuningdek, HAMAS tomonidan garovga olinganlarni tezda ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilishini talab qilgan.
Ta’kidlanishicha, Quddusdagi norozilik namoyishi G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri eng yirik namoyishga aylangan.
Isroil muxolifati yetakchisi Yair Lapid namoyishda so‘zga chiqib, Netanyaxuni keskin tanqid qilgan. U Bosh vazirni Isroilning AQSH bilan munosabatlarini buzishda va HAMAS garovga olgan isroilliklarni o‘z taqdiriga tashlab qo‘yganlikda ayblagan.
“Netanyaxu hamma narsani siyosat uchun qiladi, mamlakat uchun hech narsa qilmaydi”, deydi Lapid.

Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust