Isroilda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi

Olam

image

Isroildagi kasallikning birinchi holati mamlakatga "Diamond Princess" kruiz kemasidan qaytib kelgan 11 yo‘lovchining birida aniqlangan. Bu haqda bugun, 21 fevral kuni "Anadolu" nashri xabar bermoqda.

Mamlakatga qaytayotgan barcha yo‘lovchilar Tel-Aviv yaqinidagi Ramat Gan hududida karantindan o‘tmoqda. Ilgari "COVID-19" "Diamond Princess" bortida bo‘lgan 15 isroillikdan 4 nafarida aniqlangan. Ushbu shaxslar Yaponiyada davolanmoqda.

Avvalroq, 4 fevral kuni Gonkong yo‘lovchilaridan birida koronavirus aniqlangandan keyin "Diamond Princess" kemasiga nisbatan karantin joriy qilingan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda paydo bo‘lgan yangi koronavirus qurbonlari soni 2247 nafarga yetgan. Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 76 738 nafarga yetdi. Bemorlarning 74 465 nafari Xitoyda qayd etilgan. 

Koronavirusdan davolanganlar soni 18 561 nafarga yetdi. Bemorlarning 12 065 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil koronavirus

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing