Isroilda erkak mashinasini odamlar ustiga haydadi

Olam

image

Isroilda Pardes-Xana-Karkur chorrahasida erkak avtomobilini avtobus bekatida turgan piyodalar ustiga haydadi. Hodisa oqibatida 10 kishi jarohat oldi, kamida bir kishi og‘ir ahvolda, ikki kishi esa jiddiy jarohatlangan. Bu haqda “Channel 12” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, politsiya voqeani ehtimoliy terrorchilik hujumi sifatida o‘rganmoqda.

“Jinoiy shaxs avtobus bekatida turgan odamlar ustiga mashinasini haydab bordi, so‘ng politsiya mashinasiga urildi. Mashinadan tushib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qildi va o‘ldirildi”, deyiladi xabarda.

Dastlab hodisa aybdori 24 yoshli arab millatiga mansub isroillik ekani xabar qilingandi. Biroq keyinchalik, “Channel 12” telekanali erkakning 50 yoshli G‘arbiy Sohildan kelgan falastinlik ekani, u isroillikka uylangan va bir necha yildan beri Isroilda yashaganini aniqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Tel-Aviv shahri Bat-Yam munitsipalitetidagi avtoturargohda ikkita bo‘sh avtobus portlab ketgan edi. Politsiya ushbu hodisani terrorchilik hujumiga urinish deb hisoblagan. Portlashlardan so‘ng Bat-Yamda temiryo‘l transporti harakati to‘xtatilgan. Isroil Transport vaziri Miri Regev barcha avtobuslar, poyezdlar va temiryo‘l transportini to‘xtatib, tekshirish, Shabak (Isroil xavfsizlik xizmati) va politsiya ko‘rsatmalariga muvofiq harakat qilishni buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

terrorchilik Isroil G'arbiy Sohil Pardes-Xana-Karkur

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing