Isroilda bir kishi “miya yeyuvchi” amyobadan vafot etdi

Salomatlik

image

Isroilda bir kishi “miya yeyuvchi amyoba” deb ataladigan Naegleria fowleri nomli noyob amyoba keltirib chiqaradigan ensefalitdan vafot etdi. Bu haqda mahalliy shifoxonaga tayanib, “Times of Israel” xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, erkak Tiberiyadagi plyajda suzish chog‘ida amyoba bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. U 4 iyul kuni isitma, bosh og‘rig‘i va qayt qilish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ahvoli yomonlashgach, erkak Tel-Aviv yaqinidagi Petah Tikva shahridagi Beylinson shifoxonasiga o‘tkazilgan va shu yerda vafot etgan.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi erkak dam olayotgan plyajdan suv namunalarini oldi, ammo Naegleria fowleri infeksiyasining izlarini topmadi.

Ma’lumot uchun, ushbu turdagi protozoa “miya yeyuvchi amyoba” deb ham ataladi, chunki u miya infeksiyasini keltirib chiqarishi mumkin. Amyoba burun orqali suv bilan birga inson tanasiga kirishi mumkin.

Isroilda shunga o‘xshash holat 2022 yil avgust oyida sodir bo‘lgan, o‘shanda bir kishi xuddi shu amyoba sabab bo‘lgan miya infeksiyasidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil amyoba

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing