Isroilda “Al-Jazeera” telekanali taqiqlandi

Olam

image

Isroil hukumati Qatarning “Al-Jazeera” telekanalining mamlakatdagi faoliyatini 45 kunga taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar qildi. 

Mazkur qaror Knesset (Isroil parlamenti) aprel oyida tasdiqlagan qonunga muvofiq qabul qilingan. Isroil rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, qonunda milliy xavfsizlikka zarar yetkazuvchi ommaviy axborot vositalari faoliyatini to‘xtatishga ruxsat beriladi. Isroil nashrlari qonun qabul qilingandan so‘ng darhol uning “Al-Jazeera” telekanaliga qarshi qo‘llanilishini qayd etdi.

Hukumat qaroridan so‘ng Aloqa vaziri Shlomo Karhi Isroil televideniye provayderlariga “Al-Jazeera” ko‘rsatuvlarini to‘xtatish, telekanalning Quddusdagi ikkita ofisini yopish, veb-saytiga Isroil hududida kirishni to‘sib qo‘yish va telekanalning translyatsiya uskunalarini musodara qilishni qo‘llovchi buyruqni imzoladi. Ko‘p o‘tmay “Al-Jazeera”ning ofislaridan biri tintuv qilindi.

“Al-Jazeera”ning Isroildagi rahbari Valid Umari mamlakat rasmiylarining qarorini “xavfli” va siyosiy mulohazalar bilan ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, telekanal bu taqiqlarga qarshi chiqish niyatida.

Isroilning “Mossad” razvedka agentligi va “Shin Bet” umumiy xavfsizlik xizmati kanalning yopilishi Isroil va HAMAS o‘rtasidagi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga zarar yetkazishi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Al-Jazeera

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing