Isroilda 17 yoshli futbolchi 99 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

Isroil chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etuvchi “Yermiyagu Xolon” jamoasining 17 yoshli futbolchisi ikkinchi marta shiddatli mushtlashuvga qo‘l urganligi sababli Isroil futbol assotsiatsiyasi uni 99 yilga maydondan chetlatdi. Bu haqda “One” nashri xabar berdi.

Bu voqea oldidan ham ushbu futbolchi shiddatli harakatlari bilan tanilgan bo‘lib, avval ham raqib jamoa futbolchisiga hujum qilgani uchun 6 o‘yinlik diskvalifikatsiya olgan edi. Shu bilan birga, u bir imkoniyatga ega bo‘lib, xatti-harakatlarini yaxshilashi uchun ogohlantirilgan edi. Biroq, so‘nggi mushtlashuvdan so‘ng assotsiatsiya tribunali uni doimiy ravishda maydondan chetlatishga qaror qildi. 

 “Ayblanuvchi ilgari olingan intizomiy choralardan saboq chiqarmadi va o‘z xatti-harakatini kuchaytirdi. Shu sababli, uning maydonda boshqa imkoniyati yo‘q va u faol futbolchi sifatida o‘ynay olmaydi. Shuning uchun, uni doimiy ravishda maydondan chetlatishga qaror qilindi”, deyiladi sud qarorida.

Bu holat Isroil futboli tarixida juda kam uchraydigan voqea sifatida qayd etilmoqda. Natijada, futbolchi 99 yilga diskvalifikatsiya qilindi va faqat 2124 yil noyabrida maydonga qaytish huquqiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, futbolchi o‘z jamoasi bilan birgalikda 2500 shekel (taxminan 777 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Jamoa, shuningdek, tartibsizlik va boshqa intizomiy holatlar bo‘yicha shartli jazoga uchradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovda taqiqlangan modda aniqlangani sababli sportchi 3 yil muddatga musobaqalardan chetlashtirilganini rasman ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

chempionat Isroil Yermiyagu Xolon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing