Isroil vaqtinchalik sulhga qaramay urushni davom ettiradi

Olam

image

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu vaqtinchalik sulhga erishilgan bo‘lsa-da, HAMASga qarshi urushni davom ettirishini aytdi. Bu haqda hukumat rahbari mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuv muhokamasiga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasi yig‘ilishi oldidan jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Biz urushni barcha maqsadlarga erishmagunimizcha davom ettiramiz. Biz HAMASni yo‘q qilamiz, o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini qaytaramiz va G‘azoda Isroilga tahdid qolmasligini ta’minlaymiz”, deydi Netanyaxu.

Isroil va xalqaro OAV kelishuvning birinchi bosqichida HAMAS G‘azo sektorida saqlanayotgan 50 dan 80 nafargacha isroillik ayollar va bolalarni ozod qilishini xabar qilgandi.

Bunga javoban Isroil kamida 150 nafar falastinlik mahbusni, asosan ayollar va bolalarni ozod qilishi kerakligi aytilgan.

G‘azoda to‘rt kunlik sulh e’lon qilinganidan so‘ng mahbuslar almashinuvi amalga oshirilishi va kelishuv doirasida kuniga taxminan 300 yuk mashinasining G‘azoga kirishiga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

Isroilga ko‘ra, 239 nafar isroillik mahbus HAMASning qurolli qanoti qo‘lida.

Isroil qamoqxonalarida esa 7 mingga yaqin falastinlik mahbus bor, ulardan 2 mingdan ortig‘iga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

7 oktyabrdan beri Isroil kuchlari bosib olingan G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusda 3000 ga yaqin falastinlikni qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri idorasi HAMAS bilan sulhga erishilganini ma’lum qilgan, HAMAS ham buni tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Bin'yamin Netan'yaxu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made