Isroil va “Hizbulloh” o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga juda yaqin – CNN

Olam

image

Isroil va “Hizbulloh” Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, CNN хабар berdi.

Nashrning yozishicha, Isroil hujumlarining kuchayishiga qaramay, tomonlar kelishuvga juda yaqin turibdi.

“Biz bu yo‘nalishda kelishuvga erishishga harakat qilyapmiz, lekin hali hal qilinishi kerak bo‘lgan ayrim masalalar bor”, deydi yahudiy davlati vakili.

Isroilning “Ynet” nashriga ko‘ra, Isroil Livanda “Hizbulloh” bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif etilgan kelishuvni dastlabki bosqichda ma’qullagan, ammo bu kelishuv hukumat idorasi tomonidan yakuniy tasdiqlanishi kerak.

Kecha, 24 noyabr kuni “Axios” nashri jurnalisti Barak Ravid X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lumot tarqatib, AQSH vositachisi Amos Xoxshtayn Isroil hukumatiga Livanda tez orada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, vositachilik harakatlarini to‘xtatish bilan tahdid qilganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 23 sentyabr kuni Isroil “Shimoliy o‘qlar” nomli operatsiyani boshlagan bo‘lib, Livandagi “Hizbulloh” tuzilmalariga, harbiy ob’ektlarga katta zarbalar bermoqda. Ushbu operatsiyaning e’lon qilingan maqsadi – yahudiy davlatining shimoliy chegaradosh hududlarida o‘n minglab aholini qaytarish uchun xavfsiz sharoitlar yaratish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats mamlakat qo‘shinlari Livanning “Hizbulloh” harakatini jang maydonida mag‘lub etganini aytgan edi. Katsning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livanning ichki siyosatiga aralashishdan manfaatdor emas, chunki u “saboq olib bo‘lgan”. Vazir o‘z bayonotining ma’nosini izohlamagan, biroq bu 2006 yil voqealariga ishora bo‘lishi mumkin. Isroilda bu voqealar “Ikkinchi Livan urushi” deb ataladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil “Hizbulloh” kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing