Isroil va HAMAS sulhning 18 bandidan 15 tasini kelishib oldi – Blinken
Olam
−
18 Sentabr
2240Isroil va HAMAS harakati vakillari G‘azo sektoridagi mojaroda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimning 18 bandidan 15 tasini kelishib oldi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Misr Tashqi ishlar vaziri Badr Abdul Ati bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Oxirgi bir yarim oy ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Bitimda 18 band bor, 15 tasi kelishilgan. Qolganlariga yechim topish kerak. AQSH, Misr va Qatar buni qanday amalga oshirish bo‘yicha g‘oyalarni taklif qilmoqda. Qolgan bandlarni kelishish ularning mazmuni emas, balki siyosiy iroda masalasidir”, deydi AQSH Davlat kotibi.
Blinkenga ko‘ra, siyosiy iroda namoyon etish va kelishuvga erishish har ikki tomon uchun muhim. U kelishuvga erishish mojaroga barham berishini va G‘azo sektoridagi odamlarning ahvoli va turmush sharoitini o‘zgartirishini ta’kidladi. Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuv, shuningdek, yahudiy davlatining Livan bilan chegarasi va Qizil dengiz mintaqasidagi keskinlikni bartaraf etish uchun imkoniyat tug‘diradi.
Ma’lumot uchun, 15-16 avgust kunlari Dohada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Misr, Qatar va AQSHning qo‘shma bayonotida muzokaralar ijobiy muhitda o‘tganligi qayd etildi. Uning yangi bosqichida AQSH Qatar va Misr ko‘magida HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni kamaytirishga imkon beradigan taklifni taqdim etgan. Biroq, HAMAS AQSH tashabbusi faqat Isroil manfaatlarini hisobga olishini ta’kidlagan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr