Isroil Trampning sulhiga “tupurdi”

Olam

image

Bugun, 8 aprel kuni Livanning janubida joylashgan Al-Kalaila aholi punkti yaqinida Isroil droni tez yordam mashinasiga zarba berdi. Hujum oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Lebanon 24” agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarba mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli tez yordam avtomobiliga berilgan. Bu zarba ortidan shifokorlar va mashina ichida bo‘lgan bemor halok bo‘lgan.

Voqea joyida zudlik bilan qutqaruv ishlari olib borilgan. Mashina qaysi shifoxonaga tegishli ekani hali aniqlanmagan. Isroil tomoni bu zarbani “Hizbulloh”ga qaratilganini bildirgan, ammo voqea oqibatida guruhga tegishli hech kim jabrlanmagan.

Qayd etish joiz, voqea AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilingan sulh bitimidan 1 kun ham o‘tmay sodir bo‘ldi. Bu harakat AQSH va Eron kelishgan 2 haftalik bitimning amalda buzilishidir. Chunki sulh AQSH va Eron o‘rtasida tuzilgan bo‘lishiga qaramay, uni Isroil ham qabul qilgan. Eron tomonidan taqdim etilgan bitimda Livanga zarba bermaslik sharti ham qo‘yilgandi. Buni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif ham aytgan.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, 3 aprel holatiga ko‘ra Isroil hujumlari oqibatida mamlakat bo‘ylab qurbonlar soni 1,3 mingdan oshgan, yana 4,1 mingdan ortiq kishi jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil kuchlari Livanda bir oy davom etgan janglar ortidan “Hizbulloh”ning qariyb 1000 nafar a’zosini yo‘q qilgani haqida xabar berilgandi. Nishonlar orasida yuqori martabali qo‘mondonlar va “Radvan” maxsus bo‘linmasining ko‘plab jangchilari ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Livan sulh Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing