Isroil Suriyaga zarbalar yo‘llashni boshladi (video) 

Olam

image

Isroil armiyasi bugun, 16 iyul kuni Damashqdagi Suriya armiyasi Bosh shtab binosiga havo hujumi uyushtirdi. Ushbu kadrlar Suriya televidiniyesining jonli efirida e’lon qilindi.

Isroil kuchlari tomonidan o‘tkazilgan hujum janubiy Suriyada ayniqsa, Suvayda mintaqasida avj olgan to‘qnashuvlar fonida amalga oshirilgan. Bu hududda druz jamoalari va hukumatga sodiq guruhlar o‘rtasida zo‘ravonlik kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Isroil rasmiylari ushbu hujumni “druzlar himoyasi” deb ta’riflagan. 

Qayd etilishicha, Eron tomoni ushbu hujumlardan sal o‘tib darhol bayonot bilan chiqqan va Isroil tomonini keskin qoralagan. 

“BMT Xavfsizlik Kengashining harakatsizligi okkupatsion rejimni mintaqa xalqlari va mamlakatlariga qarshi jinoyatlarni davom ettirishga undaydi”, deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotda.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ofisi avvalroq Suriya qurolli kuchlari tomonidan druzlar yashaydigan hududlarga qilingan hujumlarga javoban harbiy zarbalar berilishi haqida ogohlantirgan edi. Isroil tomoni Damashqning janubiy mintaqalarga harbiy kuch kiritishi oldin qabul qilingan demilitarizatsiya kelishuvlarini buzadi, deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, suriyalik druzlar uzoq yillardan buyon o‘zlarining qurolli faolligini saqlab kelmoqda va yangi Suriya hukumati ularni qurolsizlantirish va integratsiyaga majburlamoqda. Biroq bu qarshilik va to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing