Isroil Suriyadagi ikkita shaharga hujum qildi
Olam
−
14 yanvar 2021
8568Kecha, 13 yanvar kuni tunda Isroil havo kuchlari Suriyaning Dayr-az-Zor va Bu–Kamol shaharlaridagi Eronparast militsiya infratuzilmasiga hujum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu g‘oya AQSHdan olingan.
Suriya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hujumlarni xoinlik deb atadi va Isroil AQSH tomonidan cheksiz qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidladi. Suriyalik diplomatlar BMTga Isroilning tajovuzkor xatti-harakatlari mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solayotgani to‘g‘risida maktub yo‘llagan.
Shuningdek, Suriya BMT Xavfsizlik Kengashini Yaqin Sharqda tinchlikni saqlash uchun javobgarligini anglashga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabr oyid ham Suriyaning havo hujumlariga qarshi mudofaasi Xama viloyatining g‘arbiy qismida Isroil harbiylari tomonidan otilgan raketalarning aksariyatini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgandi.
LiveBarchasi