Isroil ravvinining o‘limida gumonlangan 3 kishi ushlandi
Olam
−
25 noyabr
19007Isroil va Moldova davlatlari fuqarosi, Chabad-Lubavich harakati a’zosi, butun dunyo bo‘ylab yahudiylarning targ‘ibotini olib boruvchi ravvin Svi Koganning o‘limida gumon qilinib uch shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Birlashgan Arab Amirliklarining Ichki ishlar vazirligiga tayanib, CNN xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, ular kecha, 24 noyabr kuni ushlangan va ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirda gumonlanuvchilarni tergov qilish ishlari boshlab yuborilgan. Qo‘shimcha tafsilotlar qotillik bo‘yicha tergov yakunlangach e’lon qilinadi.
Rasmiylarning aniqlik kiritishicha, Svi Kogan BAA rezidenti va mamlakatga kirish paytida Moldova fuqarosi bo‘lgan. U BAAdagi yahudiy jamoasi bosh ravviniga yordamchilik qilgan va Dubaydagi “Rimon” kosher supermarketini boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 noyabr kuni Chabad-Lubavich harakati a’zosi, butun dunyo bo‘ylab yahudiylarning targ‘ibotini olib boruvchi ravvin Svi Koganning jasadi Birlashgan Arab Amirliklari hududidan topilgandi. Chabad-Lubavich harakati Koganni oxirgi marta Dubayda ko‘rganligini xabar qildi. Harakat, shuningdek, Koganni Nyu-Yorkning Bruklindagi Kraun-Xayts mahallasida joylashgan anonim filialining elchisi deb atadi.
WAM davlat axborot agentligi Koganning g‘oyib bo‘lganini tasdiqladi, biroq u Isroil fuqarosi deb emas, faqatgina Moldova fuqarosi sifatida tilga olingan. Uning o‘limida O‘zbekiston fuqarolari gumon qilinmoqda. Biroq jinoyatga O‘zbekiston fuqarolari ham aloqador ekanligi borasida hali rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.
LiveBarchasi