Isroil rasman UNRWA bilan hamkorlikni to‘xtatishini e’lon qildi
Olam
−
04 noyabr
2927Isroil Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish va ishlarni tashkil etish agentligi (UNRWA) bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Bu haqda BMTning isroillik vakili Dani Danonga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
“UNRWA'ning HAMAS tomonidan egallab olinganini isbotlovchi ko‘plab dalillarni BMTga taqdim etgan bo‘lsak-da, BMT haqiqiy vaziyatni o‘zgartirish uchun hech qanday chora ko‘rmadi,” deb yozgan Isroil diplomati ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
U Isroil “terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan tuzilmalar”dan tashqari boshqa gumanitar tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNRWA bilan hamkorlikni to‘xtatishni nazarda tutuvchi munozarali qonun loyihasi Isroil parlamentida 10 deputatning qarshi va 92 deputatning yoqlovchi ovozi bilan ma’qullangan edi. Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Koreya Isroil parlamentining ushbu qonun loyihalari yuzasidan “chuqur xavotir bildirgan”. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga maktub yo‘llab, UNRWA faoliyatini taqiqlovchi yangi qonunga norozilik bildirgan.
LiveBarchasi