Isroil Rafahda odamlarni tiriklayin yoqib yubordi – Kuba Prezidenti

Olam

image

Kuba Prezidenti Migel Diaz Kanel qamal ostidagi G‘azo sektori janubida joylashgan Rafah shahridagi falastinliklar lageriga uyushtirilgan Isroil armiyasining hujumini keskin qoralab, Isroilni Rafahda odamlarni tiriklayin yoqib yuborganlikda aybladi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Migel Diaz Kanel xalqaro hamjamiyatni Falastinga qarshi davom etayotgan qon to‘kilishini to‘xtatish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

“Rafahdagi vayron qilingan lagerlar insoniyatga qarshi qilingan eng katta vahshiylikdir. Genotsid to‘xtatilishi uchun yana qancha odam o‘lishi kerak? Kuba Isroilni qoralaydi va Falastin bilan birdamlikni kuchaytirishga chaqiradi", deydi Prezident.

Isroil armiyasining Rafahdagi Falastin lageriga uyushtirgan hujumini Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges ham qoraladi. U mazkur hujum xalqaro gumanitar huquqqa zid ekanligini ta’kidladi. 
"Yuzlab qochqinlarning shafqatsizlarcha ommaviy o‘ldirilishi Isroilning Falastin xalqiga qilayotgan ishlarining eng yorqin dalilidir", deydi vazir.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil kuchlari Rafah shimoli-g‘arbidagi Tal as-Sulton hududidagi chodir lageriga hujum qilgandi. Qochqinlar lagerini bombalash oqibatida kamida 45 nafar falastinlik halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Kuba Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing