Isroil Prezidenti karantinda bolalarga ertak o‘qishni boshladi (video)
Olam
−
28 mart 2020
5730Isroil Prezidenti Reuven Rivlin karantin sabab uyda qolayotgan bolalarga ertak o‘qishni boshladi. Bu haqda davlat rahbarining Facebook`dagi sahifasida aytilgan.
“Tushunaman, qiyin davr, bolalar ham uyda. Hattoki biz barchamiz oilamiz bilan bo‘lishni yoqtirsak ham, bu chaqiruv. Men sizlarni vaqtni birga o‘tkazishga chaqiraman. Men Lei Goldbergning “Kvartira ijaraga beriladi” hikmatli kitobini o‘qiyapman. Men bilan birga o‘qinglar, butun oila bo‘lib yoki bolalar bilan (kofe ichishga va telefonni olishga shoshilmang)”, degan Isroil Prezidenti.
Rivlinning ta’kidlashicha, bu kitob qo‘shnilar bilan ahil bo‘lishni o‘rgatadi.
Isroil Prezidenti yana bir hikoya o‘qib berishiga ishora qilib: “Biz kelasi hafta yana uchrashamiz”, degan.
Ma’lumot учун, bugun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 600 mingdan oshib ketdi. Qurbonlar soni 30 mingga yaqinlashdi. Isroilda 3460 kishida koronavirus aniqlangan. Shundan 12 kishi vafot etgan, 89 nafari davolangan.