Isroil Prezidenti Qatar Bosh vaziri bilan yashirin uchrashdi
Olam
−
17 fevral
5910Isroil Prezidenti Isxak Gersog joriy yilning 16-18 fevral kunlari bo‘lib o‘tayotgan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazdi.
Bu haqda "Axios" axborot portali xabardor manbalariga tayanib, ma’lum qildi.
Manbada aytilishicha, uchrashuvdan maqsad Falastinning HAMAS harakati tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni muhokama qilishdir.
Masaladan xabardor manbalar Isroil Prezidentining garovga olinganlar va ularning oila a’zolariga yordam berish maqsadida tashkil etilgan anjumanda ishtirok etganini tasdiqladi.
“HAMAS yanada konstruktiv muzokaralar olib borishidan umidvormiz”, degan ismini oshkor qilishni istamagan yuqori martabali Isroil rasmiysi.
Qayd etilishicha, qiyinchiliklarga qaramay, tomonlar murosaga kelish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishish uchun harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish shartini aytgan edi.
LiveBarchasi