Isroil parlamenti Falastin davlati tuzilishiga yana qarshi chiqdi

Olam

image

Isroil parlamenti Falastin davlatini tuzishga qarshi prinsipial pozitsiya haqidagi deklaratsiyani ma’qulladi. Bu haqda “Ynet” portali xabar berdi.

Nashrning yozishicha, deklaratsiyani 120 deputatdan 68 nafari ma’qullagan. 9 nafar deputat qarshi chiqqan.

“Falastin davlatining tashkil etilishi Isroil va uning fuqarolari uchun xavf tug‘diradi. Terrorizm uchun mukofot bo‘ladi. Mojaroni davom ettiradi va mintaqadagi barqarorlikni buzadi”, deyiladi Isroil parlamenti ma’qullagan hujjatda.

Parlament a’zolarining fikricha, Falastin davlati tashkil etilgandan so‘ng, qisqa vaqt ichida uning ustidan nazorat G‘azo sektorida hukmronlik qilayotgan HAMAS tomonidan qo‘lga olinadi va u Isroilni yo‘q qilish maqsadida Eron boshchiligidagi guruhlar bilan mamlakatga qarshi urush ochadi.

Ma’lumot uchun, Isroil va Falastin o‘rtasidagi so‘nggi to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar 2014 yilning aprelida yaqinlashuvga erishish uchun to‘qqiz oylik muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng barbod bo‘lgandi. Tomonlar o‘rtasidagi tinchlik jarayonining avvalgi bosqichi 2010 yilda natijasiz yakunlangan. 2024 yil fevral oyida Isroil Vazirlar Mahkamasining Falastin davlatini yaratish to‘g‘risidagi diktatni rad etish haqidagi qarori ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil va HAMAS G‘azo sektoridagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasining asosiy shartlarini kelishib olgani xabar qilingandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

deputat Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made