Isroil Moliya vaziri Falastinga bir chaqa ham berilmasligini aytdi
Olam
−
10 yanvar
5244Isroil Moliya vaziri, o‘ng qanot “Diniy sionizm” partiyasi rahbari Betsalel Smotrich Falastin ma’muriyati hisobiga bir chaqa ham o‘tkazilmasligi va G‘azo sektoridan "ixtiyoriy migratsiya"ni rag‘batlantirishini bildirdi. Uning izohlari kecha, 9 yanvar kuni yahudiy davlatiga tashrif buyurgan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenga qaratilgan.
"Amerika Davlat kotibi Blinken, Isroilga xush kelibsiz. AQSHning Isroilni qo‘llab-quvvatlayotganini juda qadrlaymiz, ammo biz doimo Isroil manfaatlariga muvofiq harakat qilamiz. Shuning uchun HAMASni yo‘q qilish uchun bor kuchimiz bilan kurashni davom ettiramiz va G‘azodagi natsistlarning oilalariga borib taqaladigan bir shekelni ham Falastin ma’muriyatiga o‘tkazmaymiz", deb yozgan Smotrich.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, xalqaro hamjamiyat Suriya va ukrainalik qochqinlarlarga qilganidek, Isroil ham ularning “ixtiyoriy ko‘chishi” uchun G‘azo darvozalarini ochadi.
Eslatib o‘tamiz, Blinken Tel-Avivda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Isroil hukumati Falastin byudjeti uchun mo‘ljallangan soliq tushumlarini ushlab qolishni to‘xtatishi kerakligini aytgandi. Davlat kotibi, shuningdek, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Isroilning G‘azodan falastinliklarni majburan olib chiqish niyati yo‘qligiga ishontirganini ta’kidlagandi.
LiveBarchasi