AQSH Isroil vazirlarini tanqid qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil vazirlarining falastinliklarni G‘azodan tashqariga joylashtirish haqidagi bayonotlarini tanqid qildi. Tegishli bayonot Davlat departamentining rasmiy saytida e’lon qilindi. 

Amerika tashqi siyosat departamenti Isroil Moliya vaziri Betsalel Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning bunday ritorikasini "o‘tkir va mas’uliyatsiz" deb atadi.

Vazirlarning izohlari arab dunyosidagi ko‘pchilikning Isroil “falastinliklarni bo‘lajak davlat qurmoqchi bo‘lgan yerlardan haydab, Falastinni ommaviy egallab olishni” istayotgani haqidagi xavotirlari asosliligini bildiradi. 

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi o‘ng qanot koalitsiyasining yuqori martabali siyosatchilaridan biri Betsalel Smotrich 31 dekabr kuni G‘azodagi falastinliklarni qamal ostidagi anklavni tark etishga chaqirdi. Itamar Ben-Gvir ham G‘azodagi urush "g‘azoliklarning migratsiyasini rag‘batlantirishga e’tibor qaratish imkoniyati" ekanini aytdi.

“Bu ritorika g‘azablantiruvchi va mas’uliyatsizdir. Isroil hukumati, jumladan, Bosh vazir bizga bunday bayonotlar Isroil davlati siyosatini aks ettirmasligini bir necha bor va izchillik bilan aytgan”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Departament bunday bayonotlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini qo‘shimcha qilgan. 

"Biz G‘azo Falastin yeri ekani va Falastin yeri bo‘lib qolishini, shuningdek, HAMAS endi uni nazorat qilmasligini aniq, izchil ta’kidladik. Bu isroilliklar va falastinliklar, uning atrofidagi mintaqa va dunyo manfaatlariga mos keluvchi biz izlayotgan kelajak”, deyiladi AQSH Davlat departamenti bayonotida. 

Vashingtonning tanqididan so‘ng, Itamar Ben-Gvir Isroil AQSH bayrog‘idagi yulduz emasligini aytdi. 

"Men Amerika Qo‘shma Shtatlarini chin dildan qadrlayman, lekin hurmat bilan biz Isroil davlati Amerika bayrog‘idagi boshqa yulduz emasmiz", deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.

Gvirning eslatishicha, Vashington Isroilning "eng yaxshi do‘sti", ammo mamlakat bundan ham yaxshirog‘ini istaydi.

Qayd etish joizki, Smotrichning o‘ta o‘ngchi "Diniy sionizm" partiyasi isroillik ko‘chmanchilar jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Netanyaxuga bir yil avval oltinchi marta Bosh vazir bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilik ovozini qo‘lga kiritishiga yordam bergan. Ben-Gvirning dekabr oyida e’lon qilgan qasos olish haqidagi bayonoti esa AQSH Prezidenti Jo Baydenni ham g‘azablantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Falastin Isroil G'azo HAMAS Itamar Ben-Gvir Betsalel' Smotrich

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing