Isroil mahbuslarni almashishda hiyla qildi — OAV

Olam

image

Isroil ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda HAMAS bilan asir almashish natijasida 11 nafar falastinlikni qo‘yib yuborgani va yana qo‘lga olgani ma’lum qilindi. Bu haqda Falastin Mahbuslar Assotsiatsiyasining Media menejeri Emani Serahine bayonotiga tayanib, “TRT Haber” nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Isroil qamoqxonalarida eng uzoq saqlangan siyosiy mahbus Nail al-Bergusining singlisi Hanan al-Bergusi mahbuslar almashinuvida ozod qilingan. Biroq bugun, 5 mart kuni u yana qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Shu kabi 11 nafar falastinlik mahbuslar ozod qilinib, yana hibsga olingani qayd etildi.

Shuningdek, ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Quddusda bugun yana 22 nafar falastinlik qo‘lga olingan. 2023 yil 7 oktyabrdan beri asirlar soni 7 ming 422 ga oshgan.

“2023 yil 24 noyabrda 4 kunga berilgan va keyinroq 3 kunga uzaytirilgan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi to‘qnashuvda “gumanitar pauza” davomida 81 nafar isroillik va 240 nafar falastinlik mahbus o‘zaro ozod qilingan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azo sektori markazida gumanitar yordam olib ketayotgan mashinaga zarba bergandi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab odamlar yaralangan edi.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

OAV Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing