Isroil Livanga havo hujumi uyushtirishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 2 dekabr kuni kechqurun Isroil va “Hizbulloh” bir-birini o‘qqa tutishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganidan so‘ng ham Isroil Livanga katta havo hujumlarini amalga oshirdi, oqibatda 11 kishi vafot etdi. Bu haqda “Associeted Press” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu hujumlar “Hizbulloh” kelishuvni buzib, bir necha marta raketa otganiga javoban amalga oshirilgan. Isroil tomoni ushbu raketalar Livan, Suriya va Isroil chegaralarining kesishgan hududida joylashgan “Shebaa fermerlari” deb nomlanuvchi mintaqaga otilganini bildirdi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Haris qishlog‘iga qilingan havo hujumi oqibatida besh kishining o‘lganini, yana ikki kishi yaralanganini, Taluusa qishlog‘iga uyushtirilgan havo hujumida esa to‘rt kishi qurbon bo‘lgani va ikki kishi yaralanganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Bayrut markaziga havo hujumi uyushtirgandi. Bu Isroilning Livan poytaxti markaziga Yaqin Sharqdagi mojaro avj olishining yangi bosqichi boshlanganidan beri birinchi havo hujumi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing