Isroil Livandan qo‘shinlarini olib chiqmoqchi emas

Olam

image

Isroil hukumati o‘z harbiylarini belgilangan muddat, 26 yanvarda Livandan olib chiqmasligini bildirdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu kelishuv doirasida Isroil janubiy Livandagi barcha qo‘shinlarini olib chiqishi kutilgan edi. Ammo Isroil hukumati ba’zi kuchlarini janubiy Livanda qoldirishini, bunga Livanning kelishuv shartlarini bajarmaganligini sabab sifatida ko‘rsatdi.

“Isroil mudofaa kuchlarining chiqishi Livan armiyasining janubiy Livanda joylashtirilishiga bog‘liq,” deyiladi Isroil Bosh vaziri idorasi bayonotida.

Kecha, 24 yanvar kuni AQSH Milliy Xavfsizlik Kengashi vakili Brayan Xyuz AQSH sheriklari bilan sulhni qisqa va vaqtinchalik uzaytirish bo‘yicha ish olib borayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Isroil hukumati AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Isroil qo‘shinlarini Livanda yana kamida 30 kun qolishini xohlayotganini aytgan.

Livanning xavfsizlik manbasiga ko‘ra, Isroilning Livanda 60 kunlik sulh muddati tugagach, qo‘shinlarini qoldirish rejalari haqida rasmiy xabar olmagan.

Ma’lumot uchun, 2024 yil noyabr oyida erishilgan sulh kelishuviga ko‘ra, Isroil va “Hizbulloh” kuchlari 26 yanvarga qadar janubiy Livandan chiqishi kerak edi. Ammo “Hizbulloh” Isroil harbiylari Livanda qoladigan bo‘lsa, buni “kelishuvning ochiq buzilishi”, deb hisoblashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Livanning “Hizbulloh” harakati va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv muddati kelasi hafta tugashi, ammo sulh muddati uzaytirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Livan, Isroil va Fransiya rasmiylariga ko‘ra, “Hizbulloh” va Isroil sulh shartlarini to‘liq amalga oshirish uchun ko‘proq vaqtga muhtoj va harbiy harakatlarni qayta boshlash niyati yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing