Isroil Livandagi masjidga havo hujumi uyushtirganini tan oldi
Olam
−
05 Oktabr
4050Isroil armiyasi Livan janubidagi masjidga havo hujumi uyushtirganini tan oldi. Bu haqda SAXALning tegishli bayonotida so‘z boradi.
Bayonotda aytilishicha, havo hujumi Livan janubidagi Bint Jubayl shahrida shahid Saloh Gandur nomidagi shifoxona yaqinidagi masjidga uyushtirilgan. Isroil armiyasi masjiddan “Hizbulloh” qarorgohi sifatida foydalanilganini da’vo qilmoqda.
Kecha, 4 oktyabr kuni tunda Livan janubidagi Bint Jubayl shahrida shahid Saloh Gandur shifoxonasi kampusi va uning atrofiga Isroilning hujumi oqibatida 9 nafar tibbiyot xodimi yaralandi.
Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida to‘qnashuvlar 2023 yil 8 oktyabrdan beri davom etmoqda.
2024 yil 23 sentyabrda Isroil havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.
Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning 2023 yil 8 oktyabrdan beri Livanga qilgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2011 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 9535 kishiga yetgan.
Isroil armiyasining 27 sentyabr kuni Bayrutga bergan zarbasi oqibatida “Hizbulloh” harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh halok bo‘ldi.
LiveBarchasi