Isroil Livanda quruqlik operatsiyasi o‘tkazishni e’lon qildi

Olam

image

Isroil mudofaa kuchlari Livanning “Hizbulloh” guruhiga qarshi quruqlikdagi operatsiyani tayyorlamoqda. Bu haqda kecha, 25 sentyabr kuni Bosh shtab rahbari Gerzi Halevi ma’lum qildi.

Halevi 7-zirhli tank brigadasi askarlariga murojaat qilib, “ularning etiklari dushman hududiga kirib borishi”ni aytdi. 

“Yuqorida samolyotlar ovozi eshitilyapti, hududni bosqin ehtimoliga tayyorlash va “Hizbulloh”ga qarshi zarbalarimizni davom ettirish uchun biz kun bo‘yi hujum qildik”, degan Halevining mashg‘ulotlar paytida.

Isroil Bosh shtabi qo‘mondoni, shuningdek, Livandan Tel-Avivga ballistik raketa uchirilganiga juda kuchli javob bo‘lishiga va’da qildi.

O‘z navbatida, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil shimolida Livan bilan chegaraga tutash hududlardan evakuatsiya qilingan o‘n minglab isroilliklar o‘z uylariga qaytishlari mumkinligiga va’da berdi.

“Men qilayotgan ishlarimiz haqida batafsil ma’lumot bera olmayman, lekin sizga bir narsani ayta olaman: biz shimoldagi xalqimizni o‘z uylariga xavfsiz tarzda qaytarishga qaror qildik”, degan Bosh vazir.

Qisqa videomurojaatida Netanyaxu, shuningdek, “Hizbulloh”ning Isroil hujumlari oqibatida tasavvur qilganidan ham ko‘proq zarar ko‘rganiga e’tibor qaratdi.

Ayni paytda, Vashington Isroilning Livanda quruqlikdagi operatsiyasini haligacha oldini olish mumkin, deb hisoblaydi. Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Sabrina Singx jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroil bayonotlarini sharhlar ekan, bu yakdil narsa emasligiga ishora qilgan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden Yaqin Sharqdagi urush keng ko‘lamli avj olishini istisno qilmadi. Mintaqada keng ko‘lamli urush bo‘lishi mumkin, biroq Isroilning “Hizbulloh” va HAMAS guruhi bilan mojarolarini hal qilish imkoniyati ham bor”, degan u ABC telekanalida.

U, shuningdek, Netanyaxuning falastinliklar bilan mojaroni ikki davlat asosida hal qilish bo‘yicha pozitsiyasiga qo‘shilmasligini bildirib o‘tdi.

“Buni amalga oshirish uchun bor kuchimni sarflayapman. O‘zgarishlarni ko‘rish istagimiz bor”, deya qo‘shimcha qildi Bayden.

Ma’lumot uchun, 24 sentyabr kuni tushdan keyin Isroil Bayrutga navbatdagi havo hujumini amalga oshirdi. AP ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli 560 kishi halok bo‘lgan. Ushbu qurbonlarning qanchasi “Hizbulloh”ga aloqador ekani noma’lum.

“The Times of Israel” internet-nashrining harbiy doiralardagi manbalariga tayanib yozishicha, Isroil qo‘shinlarining Bayrutga bergan zarbasi nishoni “Hizbulloh” raketa bo‘linmasi qo‘mondoni bo‘lgan. Uning taqdiri hozircha noma’lum. Livanda davom etayotgan Isroil havo hujumlari fonida minglab odamlar Livanni tark etib, Suriya tomon yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq Bosh vaziri va Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Muhammad as-Sudaniy Livanda yuzaga kelgan og‘ir vaziyat munosabati bilan mamlakatga kelgan livanliklarga bepul kirish vizalarini berishni buyurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Livan “Hizbulloh” quruqlikdagi operatsiya Isroil mudofaa kuchlari Gerzi Halevi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made