Isroil Livan janubidagi aholi punktlariga hujum qildi

Olam

image

Bugun, 2 fevral kuni Isroil aviatsiyasi Livan janubidagi Kfar Tebnit va Ayn-Kana aholi punktlariga zarba berdi. Bu haqda NNA xabar berdi.

“Isroil samolyotlari Ayn-Kanadagi bir binoga zarba berdi va ogohlantirish e’lon qilinganidan 40 daqiqa o‘tib Kfar Tebnitdagi yana bir binoni ikki raketa bilan nishonga oldi”, deyiladi xabarda.

Nashrning qayd etishicha, bundan oldin Isroil armiyasi o‘zining arab tilidagi axborot platformalarida Livan janubidagi ikki aholi punktiga zarba berish niyati borligi haqida ogohlantirishlar e’lon qilgan.

Ma’lumotlar xaritada aniq nishonlar ko‘rsatilgan holda chop etilgan va mahalliy aholi belgilangan hududlarni zudlik bilan tark etishga chaqirilgan. Isroil tomoni bayonotiga ko‘ra, nishonlar “Hizbulloh” harakatiga tegishli qurol omborlari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) Livan hududida “Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi”ning quruqlikdagi qo‘shinlari tarkibidagi maxsus bo‘linmaning muhim a’zolaridan birini yo‘q qilganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing