Isroil Xalqaro sudda G‘azoni bosib olmoqchi emasligini aytdi

Olam

image

Isroilning BMT Xalqaro sudidagi delegatsiyasi rahbari, britaniyalik huquqshunos Malkolm Shou yahudiy davlatining G‘azo sektorini doimiy ravishda bosib olish yoki aholisini ko‘chirish maqsadi yo‘qligini aytdi. Bu haqda u bugun, 12 yanvar kuni Gaagadagi Xalqaro sudda so‘z ochdi.

"Isroilning G‘azo sektorini doimiy ravishda bosib olish yoki aholisini ko‘chirish maqsadi yo‘q. Isroil Falastin aholisiga emas, HAMAS terror tashkilotiga qarshi kurashmoqda va buni xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshiryapti", deydi advokat. 

Uning iddao qilishicha, Isroil rasmiylari tinch aholi orasida qurbonlar sonini minimallashtirish uchun hamma narsani qilishga harakat qilmoqda, HAMAS esa falastinliklarni tirik qalqon sifatida ishlatib, qurbonlar sonini maksimal darajada oshirishga urinmoqda.

Kecha, 11 yanvar kuni sud majlisida Janubiy Afrika delegatsiyasi so‘zga chiqdi. Janubiy Afrika vakili o‘z nutqida sudni Isroilga G‘azodagi harbiy amaliyotini to‘xtatish, aholisining oziq-ovqat, suv va gumanitar yordamdan foydalanishini ta’minlash va xalqaro missiyalarning G‘azoga kirishiga to‘sqinlik qilmaslikni talab qildi. Janubiy Afrika tomoni suddan Isroilni vaziyatni yomonlashtiradigan va sud jarayonini murakkablashtiradigan har qanday harakatlardan tiyilishga majburlashni so‘radi. 20 dan ortiq kishidan iborat Janubiy Afrika delegatsiyasiga ushbu mamlakat Adliya va axloq tuzatish xizmatlari vaziri Ronald Lamola boshchilik qildi.

Ma’lumot uchun, Isroil Xalqaro Sudning yurisdiksiyasini tan olmasa va shu paytgacha uning jarayonlari yoki qarorlarini e’tiborsiz qoldirgan bo‘lsa-da, bu jarayonlarda ishtirok etmoqda. Isroil delegatsiyasiga britaniyalik huquqshunos Malkolm Shou boshchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

genotsid Isroil JAR G'azo Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing