Isroil Xalqaro sud qaroriga qaramay, Rafahga hujumni davom ettiradi  

Olam

image

Isroil G‘azo sektori janubidagi Rafah hududiga hujumlarni davom ettiradi. Bu haqda yahudiy davlati Madaniyat va sport vaziri Miki Zohar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. 

U Xalqaro sud sudyalarini HAMASni isroillik mahbuslarni ozod qilishga ko‘ndirish uchun G‘azoga taklif qilishini yozgan. 

“Bu sodir bo‘lmaguncha, Rafahga hujumlar to‘xtab qolish ehtimoli yo‘q. G‘azodagi isroillik mahbuslarni qutqarishning yagona yo‘li hujumlar orqali HAMASga bosim o‘tkazishdir”, deydi Zohar. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 may kuni Xalqaro sud Isroilning falastinliklar uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan Rafahdagi harbiy hujumi va boshqa faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishi kerakligi haqida qaror chiqargandi.

Habib Jo‘raboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made