Isroil qiruvchi samolyoti o‘z hududiga bomba tashladi

Olam

image

Isroil harbiy-havo kuchlariga qarashli qiruvchi samolyot texnik nosozlik sababli G‘azo sektori yaqinidagi o‘z hududiga bomba tashladi. Bu haqda Isroil armiyasiga tayanib, CNN xabar berdi.

“Bir muddat oldin G‘azo sektoridagi topshiriqqa yo‘l olgan samolyotdan o‘q-dorilardan biri tushib ketdi. Texnik nosozlik sababli bomba Nir-Isxak yaqinidagi ochiq maydonga tushgan”, deyiladi xabarda.

Isroil armiyasiga ko‘ra, bomba chegara chizig‘idan taxminan uch kilometr uzoqlikka tushgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mahalliy rasmiylar bomba dehqonchilik uchun foydalaniladigan yerga tushganini bildirgan.  

Isroil markaziy statistika byurosining ma’lumotiga ko‘ra, Nir-Isxak aholisining soni 550 kishi atrofida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Pocheon shahri yaqinidagi harbiy mashg‘ulotlar paytida qiruvchi samolyotlar tomonidan tashlangan bombalar tinch aholi punktiga tushib, uylar va cherkovga zarar yetkazgan edi. Geonggi-do Bukbu yong‘in xavfsizligi xizmati bayonotida 15 kishi yaralangani, ulardan ikki nafari og‘ir jarohatlangani aytilgan. Ushbu voqeada KF-16 samolyotlaridan sakkizta 225 kilogramli Mk82 bombasi qo‘shma jonli o‘q otish mashqlari paytida o‘q otish maydonchasi tashqarisiga tushib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

qiruvchi samolyot bomba Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing