Isroil ilk bor YeI davlatlariga yuzlab Merkava tanklarini sotmoqchi

Olam

image

Isroil tarixda birinchi marta nomi oshkor etilmagan Yevropa davlatlariga 200 dan ortiq Merkava Mk2 va Mk3 tanklarini jo‘natmoqchi. Bu haqda mahalliy “Ynet” nashri mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib, xabar berdi.

Unga ko‘ra, kelishuv allaqachon yakuniy bosqichda va uch oy ichida o‘z nihoyasiga yetishi kutilmoqda. Bu muddat Qo‘shma Shtatlar Amerikada ishlab chiqarilgan tank qismlarini qayta sotishga ruxsat berishiga qarab, ortga surilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, barcha tanklar yetkazib berilgandan so‘ng, nomi oshkor etilmagan mazkur davlatlar Isroilga bir necha o‘n million dollar to‘lab beradi.

Nazariy jihatdan, ushbu jangovar mashinalarni olgan davlatlar Isroilning betarafligini buzmaslik uchun ularni Ukrainaga topshirishlari mumkin. Biroq ularni qaysi davlatlar qabul qilishi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniya parlamenti Isroilda ishlab chiqarilgan havo mudofaa tizimini sotib olish istagida ekani xabar qilingandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing