Isroil gumanitar yordam olib ketayotgan karvonga hujum qildi
Olam
−
11 noyabr
2529Isroil Harbiy-havo kuchlari Suriyaning Xoms provinsiyasida insonparvarlik yordami olib ketilayotgan karvonga hujum qildi. Bu haqda “Al-Ekhbariya” telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gumanitar yordam viloyatning janubidagi Shamsin tumanidagi Shanshar aholi punkti yaqinida yig‘ilgan.
“Xoms-Damashq trassasi Livan qochqinlari uchun gumanitar yordam to‘plangan joyga Isroil samolyotlari tomonidan zarba berilgandan keyin vaqtincha to‘sib qo‘yilgan”, deyiladi xabarda.
SANA agentligiga ko‘ra, gumanitar yordam Isroil qo‘shinlari tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida o‘z uylaridan qochgan Livan fuqarolari uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, G‘azodagi urush boshlanganidan beri Isroil Suriya harbiy ob’ektlariga 180 martadan ortiq zarba bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni Isroil Havo kuchlari Suriyaning Xoms provinsiyasiga zarba bergandi.
Muhammad Hodiyev