Isroil G‘azoga zarba berdi – OAV
Olam
−
18 Iyun 2022 9397 1 daqiqa
Isroil harbiy aviatsiyasi Falastinning bloklangan G‘azo sektoridagi rayonlardan biriga havodan zarba berdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar qildi.
Xabarga ko‘ra, HAMAS harbiy qanoti ob’ektlaridan biri “Izzaddin al-Qassam” brigadalari havo hujumiga uchragan.
Zarba harbiylarning Isroil janubida G‘azo sektori hududidan uchirilgan raketa urib tushirilgani haqidagi ma’lumotidan keyin amalga oshirilgan.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumot olinmagan.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr